O‘zbekiston | 14:48 / 20.01.2021
6866
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda Prezident qabulxonalariga 1 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan

2020 yilda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 1 million 196 ming 370dan ziyod murojaat (oyiga o‘rtacha 99,7 mingta, 1 kunda – 3,2 mingta) kelib tushgan. Bu haqda Kun.uz’ga Prezident xalq qabulxonasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu murojaatlarning 58 foizi (693,9 ming) ijobiy hal qilish va huquqiy maslahat berish orqali yechimini topgan. 373,6 mingdan ziyod murojaat egasiga tushuntirish berilgan, qolgan murojaatlar ko‘rib chiqish jarayonida.

Shuningdek, 2020 yilda aholidan quyidagi yo‘nalishlarda eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan: 

  • moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar (2 yoshli, 14 yoshli bolalar nafaqasi) masalasi – 129 ming 472 ta
  • ish bilan ta'minlash - 55 ming 203 ta
  • uy-joy ta'minoti - 47 ming 307 ta
  • aliment undirish - 44 ming 780
  • karantin davrida moddiy yordam, oziq-ovqat va himoya vositalari bilan ta'minlash - 44 ming 293
  • elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar - 37 ming 874
  • ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash va undirish - 24 ming 80
  • yer maydoni ajratmaslik yoki olib qo‘yish - 20 ming 491
  • maishiy gaz balloni bilan ta'minlash - 18 ming 588
  • aholi uy-joylarini ta'mirlash - 15 ming 722.

2020 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlaridan norozilikka oid murojaatlar 20 foizga, ichimlik suvi ta'minoti bilan bog‘liq murojaatlar 9 foizga, uy-joy bilan ta'minlash 3 foizga, yer maydoni ajratmaslik yoki olib qo‘yishga doir masalalar bilan murojaat qilish 2 foizga kamaygan.

Mavzuga oid