Pekin AQShning “uyg‘urlar genotsidi” haqidagi ayblovlariga javob qaytardi
Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xua Chunin AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatida uyg‘urlar genotsidi haqidagi bayonotini asr yolg‘oni, uning o‘zini esa masxaraboz deb atadi.
“Pompeo oxirgi bir necha yil ichida juda ko‘p yolg‘on tarqatdi. Pompeoning ushbu bayonoti ham hali quloq eshitmagan uydirmadir. O‘zining yolg‘onlari bilan tanilgan ushbu amerikalik siyosatchi o‘z lavozimidagi oxirgi kunda ham yolg‘on xabar tarqatib, o‘zini butun dunyoga masxaraboz qilib ko‘rsatdi va kulgiga qo‘ydi”, deb aytgan Chunin.
Avvalroq Pompeo Xitoyni Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatidagi vaziyat sababli genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda ayblagandi. Uning ta'kidlashicha, Xitoy hukumati “tizimli ravishda uyg‘urlarni yo‘q qilishga urinib keladi”.
New York Times nashrining yozishicha, Oq uyning endilikda avvalgi ma'muriyatining Xitoy hukumati harakatlariga bunday keskin ta'rif berishi Pekinga qarshi sanksiyalarning yangi prezident Jo Bayden ma'muriyati tomonidan kengaytirilishiga olib kelishi mumkin.
AQSh Xitoyni uyg‘urlar va boshqa musulmon guruhlarini tahqirlash, inson huquqlarini buzishda ayblab, Pekinga nisbatan sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilmoqda.
O‘z navbatida, Xitoy o‘ziga qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda va mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024