Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Abu Saxiy»dagi omborxonadan 71 mln so‘mlik shimlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi
Chilonzor tumani ichki ishlar bo‘limiga 25 yoshli D.X. murojaat qildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.
Fuqaro “Toshkent savdo markazi”dagi omborxonadan mollar o‘g‘irlangani haqida xabar bergan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Tergov tadbirlari davomida aniqlanishicha, 11 yanvar kunidan 16 yanvar kuniga qadar bo‘lgan davr oralig‘ida noma'lum shaxs kalit tanlash yo‘li bilan omborxonaga kirib, jami 71 200 000 so‘mlik erkaklar shimlarini o‘g‘irlab ketgan.
Gumonlanuvchi tez orada aniqlangan hamda 28 yoshli, muqaddam sudlangan U.F. qo‘lga olingan.
Tergov davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025
AQShda erkak zargarlik do‘konidan 770 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yubordi
09:40 / 06.03.2025