Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada o‘zini o‘zi izolyatsiya qilgan fuqarolarga pul to‘lash taklif qilinmoqda
Buyuk Britaniyada uchinchi marta lokdaun e'lon qilingan, mamlakat koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilik qilmoqda.
Britaniya hukumati amaldorlari koronavirusga musbat test topshirgan fuqarolarning uyda o‘tirishlari uchun pul to‘lanishini taklif qilishmoqda.
Tayyorlangan rejaga ko‘ra, bunday fuqarolarga 500 funt sterlingdan (685 dollar) pul to‘lash ko‘zda tutilmoqda. Hozircha mazkur moliyaviy yordamni karantin vaqtida uyda o‘tirishga majbur eng kam daromadga ega bo‘lganlarga to‘lash ko‘zda tutilgan.
Ushbu tashabbus oyiga taxminan 2 mlrd funt sterlingga tushadi, deb yozadi hujjat loyihasi bilan tanishgan The Guardian nashri.
Buyuk Britaniyada uchinchi marta lokdaun e'lon qilingan, mamlakat koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilik qilmoqda.
Mamlakat bosh vaziri Boris Jonson lokdaun yoz fasligacha davom etishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025