Jahon | 16:43 / 23.01.2021
5881
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning yangi ma'muriyati toliblar bilan kelishuvni qayta ko‘rib chiqadi

 Oq uy toliblar terrorchilik guruhlari bilan aloqani, zo‘ravonlikni to‘xtatganligi va tinchlik muzokaralariga jiddiy kirishganligiga aniqlik kiritmoqchi.

Foto: Jim Lo Scalzo/AP

AQShning yangi prezidenti Jo Bayden ma'muriyati sobiq prezident Donald Tramp davrida toliblar bilan tuzilgan kelishuvni qayta ko‘rib chiqadi. Vashington "Tolibon" harakati zimmasiga olgan majburiyatlarni haqiqatan bajarayotganligiga ishonch hosil qilmoqchi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Salivan afg‘onistonlik hamkasbi Hamdulla Muhibni xabardor qildi.

 Oq uy toliblar terrorchilik guruhlari bilan aloqani, zo‘ravonlikni to‘xtatganligi va tinchlik muzokaralariga jiddiy kirishganligiga aniqlik kiritmoqchi. "Tolibon" vakili AFP agentligiga bergan intervyusida toliblar o‘z majburiyatlarini bajarayotganligi va qarshi tomondan ham shuni kutayotganligini bildirgan.

AQSh 2020 yil fevralda "Tolibon" bilan kelishuv imzolagan, toliblar tomonidan xavfsizlik kafolatlanishi evaziga Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishga va'da bergandi. 

 Kobul hukumati AQShning toliblar bilan kelishuvni qayta ko‘rib chiqish rejasini ma'qullagan.

Afg‘oniston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Sodiq Sodiqiyning so‘zlariga ko‘ra, toliblar bilan kelishuv "hozircha maqsadga erishishga - "Tolibon" tarafidan zo‘ravonlik to‘xtatilishiga yordam bermadi".

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid