Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Organik mahsulotlar yetishtiriladigan yer maydonlarida alohida belgilar o‘rnatiladi - Hukumat qarori
“Organik yer maydonlariga belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish shakli va tartibi to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, organik yer maydonlariga belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish shakli va tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 2021 yildan boshlab har yili 1 oktyabrga qadar organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik mahsulotlarini yig‘ib oluvchi xo‘jaliklar yer maydonlarining manzilli ro‘yxati shakllantiriladi hamda shunday xo‘jaliklar yer maydonlarining oxirgi uch yil uchun statistik tahlil natijalari va toponimik joylashuvini o‘rganish, tuproq, sizot va oqova suvlar sifati hamda xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha laboratoriya tahlillarini o‘tkazish choralari ko‘riladi.
Muntazam ravishda organik mahsulotlar yetishtiruvchi va yovvoyi o‘simliklar hosilini yig‘ib oluvchilarga o‘z hududini an'anaviy usulda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlaridan ajratib turuvchi belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish, shuningdek eksportbop va serdaromad organik mahsulotlar yetishtirish vazifalari topshirildi.
Mavzuga oid
13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
11:33 / 28.03.2025