Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘FA prezidenti Jizzax viloyati hokimi, Odil Ahmedov va Eldor Shomurodovni taqdirladi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2021 yildan boshlab yangi an'anani yo‘lga qo‘yayotganini ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, endilikda o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shayotgan, O‘zbekiston dovrug‘ini jahon arenalarida taratayotgan va mamlakatda futbol ommaviyligini oshirishda muhim o‘rin tutgan futbolchi va mutaxassislar O‘FA prezidentining maxsus sovrinlari bilan taqdirlanadi.
O‘FA majlislar zalida o‘tgan taqdirlash marosimida assotsiatsiya prezidenti Abdusalom Azizov, birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov va bo‘linmalar rahbariyati ishtirok etdi.

Bu yil ushbu taqdirlash jarayoni birinchi bor yo‘lga qo‘yildi va unda 5ta nominatsiya joriy etildi.
«O‘tgan mavsumda muxlislar va mutaxassislar e'tiborini qozongan, milliy jamoalarimiz safida ishonchli o‘yin ko‘rsatgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev «Yil kashfiyoti» nomiga sazovor bo‘ldi. Sovrinni Ravshan Ermatov yosh futbolchimizning otasi Habibullo Yo‘ldoshevga topshirdi.
O‘zbek futboli afsonasi Gennadiy Denisov «Milliy terma jamoa faxriysi» sovriniga munosib deb topildi.

Ham maydonda, ham uning tashqarisida barchaga o‘rnak bo‘ladigan, har bir terma jamoaning ramziga aylangan futbolchi Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy jamoasidagi mardonavor harakati va fidoyiligi uchun «Milliy terma jamoa yuragi» sovrini bilan taqdirlandi.

Jizzax viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ergash Soliyevning futbol ommaviylik darajasini oshirishdagi mehnatlariga munosib baho berildi. O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov Ergash Soliyevni «O‘zbek futboli rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun» sovrini bilan taqdirladi.
Italiyaning «Jyenoa» klubi safida sermahsul va yuqori darajali o‘yin ko‘rsatib, o‘zbek futbolini jahonga yanada tanitayotgan Eldor Shomurodov asosiy nominatsiya bo‘lmish «O‘zbek futbolining yorqin yulduzi» sovriniga loyiq deb topildi. Mazkur sovrinni futbolchining otasi Azamat Shomurodov O‘FA rahbaridan qabul qilib oldi», deyiladi rasmiy xabarda.
Mavzuga oid
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025
Eldor Shomurodov – yana bir bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari
09:50 / 20.04.2025