Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boris Jonson hukumatining koronavirusga qarshi kurashi haqida serial suratga olinadi
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson hukumatining koronavirus inqiroziga munosabati haqida serial ishlanadi. 5 seriyadan iborat serial Sky britan telekompaniyasi tomonidan suratga olinadi.
Serialda Jonson rolini taniqli britan aktyori, rejissyor, prodyuser Kennet Brana ijro etadi. Serialga Maykl Uinterbottom rejissyorlik qiladi.
“Koronavirusning birinchi to‘lqini abadiy esda qoladi. Mamlakat ko‘rinmas dushmanga qarshi birlashgan vaqt. Odamlar jamiyatning muhimligini har qachongidan teran anglagan vaqt”, deb aytgan Uinterbottom.
Uning ta'kidlashicha, serialda ko‘plab hayotiy voqealar aks etadi.
“Unda Dauning-stritdagi Boris Jonsondan boshlab mamlakatning barcha burchaklarida olg‘a saflarda bo‘lgan ishchilargacha so‘zlanadi. Unda bizni virusdan himoyalash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilgan shifokorlar, olimlar, qariyalar uylari xodimlari, siyosatchilarning sa'y-harakatlari hujjatlashtiriladi”, deb qo‘shimcha qilgan serialning bo‘lg‘usi rejissyori.
Serialni Sky kanalida 2022 yil kuzida namoyish qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:31 / 03.03.2025
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini tushuntirdi
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
23:14 / 30.09.2024
Boris Jonson migratsiya inqirozida Fransiya prezidentini aybladi
15:33 / 17.08.2024