Jahon | 16:59 / 26.01.2021
1639
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada tungi klublarni koronavirusga qarshi emlash markazlariga aylantirish taklif qilindi

2020 yil martidan buyon yopiq turgan tungi klublar pandemiyadan eng ko‘p jabrlangan sohalardan hisoblanadi.

Foto: AFP

Fransiyada qariyb bir yildan buyon ishlamayotgan tungi klublardan koronavirusga qarshi emlash markazlari sifatida foydalanilishi mumkin.

Mamlakat bo‘yicha 1,6 mingta muassasani ana shu maqsadga moslashtirish taklif qilinmoqda: diskotekalar va dam olish joylari milliy kasaba uyushmasi prezidenti Patrik Malvaes "klublarni aholini emlash markazlariga aylantirish" taklifi bilan chiqdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yil martidan buyon yopiq turgan tungi klublar pandemiyadan eng ko‘p jabrlangan sohalardan hisoblanadi.

 U bunday markazlarning tashkil etilishi emlash sur'atini jadallashtirish va muassasalarning tezroq ochilishiga yordam berishini ta'kidlagan.

 Worldometers sayti ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyada koronavirus yuqtirganlar soni  3 milliondan oshgan, 73 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Mamlakatda 1 millionga yaqin kishi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan. Hukumat iyun oxirigacha 15 million kishini emlashni rejalashtirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid