Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 28 yanvardan boshlab konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsat berildi
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi bayonot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, 2020 yilning noyabr oylaridan boshlab mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat biroz bo‘lsa-da barqarorlashganligi munosabati bilan bosqichma bosqich joriy etilgan karantin cheklovlar bekor qilinib, ijtimoiy va iqtisodiy sohalar faoliyati tiklandi.
“So‘nggi kunlarda kelib tushgan ko‘plab madaniyat soha vakillarining murojaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, xalqimizning madaniy hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida konsert-tomosha tadbirlarini joriy yilning 28 yanvaridan boshlab sanitariya-epidemiologik talablarga qat'iy rioya etgan holda tashkil etishga ruxsat berildi”, - deyiladi bayonotda.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan konsert va tomosha tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha quyidagi talablar belgilandi:
- konsert saroylarining tomoshabin sig‘imini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmagan holda tashkil etish;
- konsert saroylarining tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta'minlash va bu borada oraliq masofani saqlash uchun talab etiladigan o‘rindiqlarni konservatsiya qilish;
- konsert saroylariga tashrif buyuruvchi tomoshabin hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar niqobda (maskada) bo‘lishi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023