O‘zbekistonda vaksina sinovida qatnashishni istagan ko‘ngillilar soni 10 mingdan oshdi
2021 yil 25 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Xitoyning koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasi sinovida ishtirok etishni istagan ko‘ngillilar soni 10 058 nafarni tashkil etdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berishicha, ulardan 4 447 nafari vaksinaning 1-dozasi bilan va 364 nafari vaksinaning 2-dozasi bilan emlandi.
Mazkur sinovda yoshi 18dan oshgan, sog‘lom, sinovda ko‘ngilli bo‘lib qatnashish uchun rozilik xatiga imzo chekkan, amal qilish muddati o‘tmagan identifikatsion hujjat taqdim etgan, test protokoli talablarini tushungan va unga mos kelgan, avval COVID-19'ga chalinmagan fuqarolar ishtirok etyapti.
Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash tadbirlari fevral oyi oxirida boshlanishi ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
00:00 / 06.09.2024