Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda barcha dehqon xo‘jaliklari bir yil yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi
Tojikistonda barcha dehqon xo‘jaliklari bir yil yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Prezident Imomali Rahmon hukumat va boshqa mutasaddi idoralarga barcha dehqon xo‘jaliklarini bir yil muddatga yer solig‘i to‘lashdan ozod qilishni hamda budjetda bu turdagi soliq o‘rnini boshqa manbalardan to‘ldirishni buyurgan.
«Aziya Plyus»ning xabar berishicha, Imomali Rahmon mamlakat parlamentiga qilgan murojaatida dehqonlarni yer solig‘i to‘lashdan ozod qilish aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan yanada yaxshiroq ta'minlash va oziq-ovqat importini kamaytirishga yordam berishini ta'kidlagan.
Tojikiston prezidenti dehqon xo‘jaliklarining yukini yengillashtirish uchun 2021 yilda ular yagona yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishini bildirgan va uning miqdori qariyb 200 million somoniyni tashkil etishini aytgan. (17 million dollardan oshiqroq)
Imomali Rahmon parlamentga qilgan murojaatida 2021 yilda Tojikiston aholisini yetarlicha oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash qiyin bo‘lishini aytgan va aholini o‘z tomorqalaridan oqilona foydalanishga chaqirgan. Shuningdek, u Tojikiston sharoitida yerdan bir nechta marta hosil olish muhimligini ta'kidlagan.
«Murojaatimni jiddiy qabul qiling, menga ishoning va mehnat qiling. Hech kimga ishonmang. Bu yil aholini yetarlicha oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash qiyin bo‘ladi. Shuning uchun hukumat va barcha idoralar shu yo‘nalishda ishlashi kerak. Biz odamlarga yordam berishimiz zarur», degan prezident.
Imomali Rahmon qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotganlarni yanada g‘ayrat bilan ishlashga, bozorlarni meva va sabzavotlar, chorvachilik mahsulotlari hamda boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash uchun har bir qarich yerdan oqilona foydalanishga chaqirgan.
«Mamlakatlar yana o‘z chegaralarini yopmoqda. Agar oziq-ovqat mahsulotlarining eksport va importi to‘xtab qolsa, u holda biz muammolarga duch kelishimiz mumkin», degan Tojikiston rahbari.
Mavzuga oid
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj
16:52 / 29.04.2025