O‘zbekiston | 15:54 / 26.01.2021
20674
2 daqiqa o‘qiladi

Maxsus komissiya umumiy ovqatlanish joylari va ko‘ngilochar obektlarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi bayonot bilan chiqdi.

Umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlar tomonidan soat 8:00dan 23:00gacha bo‘lgan davrida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar bekor qilindi.

Ushbu xizmatlar Vazirlar Mahkamasining “Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlarda jamoat xavfsizligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 24 iyuldagi 624-son qarori talablari doirasida faoliyatni tashkil etilishiga ruxsat berildi.

“Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish joizki, bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashuvi natijasida karantin hattoki ijtimoiy va iqtisodiy sohalar faoliyatini to‘xtatish kabi cheklovlar hamon davom etmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi xalqimizdan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat'iy rioya etishlari hamda mamlakatimizda epidemiologik barqarorlikni ta'minlash borasida erishilgan bugungi vaziyatni bardavom bo‘lishi uchun shaxsiy mas'uliyatni oshirishlarini so‘rab qoladi”, - deyiladi bayonotda.

Mavzuga oid