Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumatining xizmat avtomobillari elektromobillarga almashtiriladi
Hozirda hukumat xizmat mashinalarining aksariyati oddiy yonilg‘ida yuradi. Parkni elektromobillar bilan ta'minlash 20 milliard dollardan ortiqroqqa tushishi mumkin.
AQSh prezidenti Jo Bayden hukumat avtoparkidagi 650 mingga yaqin mashinani mamlakatda ishlab chiqarilgan elektromobillarga almashtirishga qaror qildi. Bu havoga uglerod ajralib chiqishini kamaytirish va mahalliy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun kerak, deb yozadi Reuters.
Hozirda hukumat xizmat mashinalarining aksariyati oddiy yonilg‘ida yuradi. Parkni elektromobillar bilan ta'minlash 20 milliard dollardan ortiqroqqa tushishi mumkin. Bayden shuningdek, elektromobillar uchun 550 mingta quvvatlash stansiya qurilishi hamda ekologik transportga o‘tgan haydovchilar uchun imtiyoz va chegirmalar tizimi joriy etilishini va'da qildi.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yilda elektromobillar sotuvi 43 foizga oshgan. Tahlilchilar 2023-2025 yillar orasida ekologik avtomobillar benzinli va dizelli mashinalardan arzonroq bo‘lishini taxmin qilishmoqda.
2022 yilga kelib akkumulyatorli batareyalarda yuradigan elektromobillarni ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha xarajatlar bir avtomobil uchun 1900 dollargacha kamayadi, deb ishonmoqda UBS banki ekspertlari.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025