Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaz to‘ldirish shoxobchalarida siqilgan gaz sotilishi hisobini yuritish avtomatlashtiriladi
Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) ishini sifatli tashkil etish, ularda avtotransportga xizmat ko‘rsatilishini yaxshilash maqsadida siqilgan gaz sotilishi hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 1070dan ziyod AGTKShlar mavjud. Ularning barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash uchun yetkazib berilayotgan gazning zarur hajmini aniq hisob-kitob qilish va ular har kuni avtotransportga quyilayotgan gazga oid ma'lumotlarning shaffofligiga asoslangan bo‘lishi lozim.
Bu borada o‘tkazilayotgan tekshiruvlar davomida gaz o‘lchash moslamasiga AGTKSh egalariga “foyda” keltirishga xizmat qiladigan uskunalar o‘rnatish bilan bog‘liq ayrim qallobliklar aniqlangan. Bunday o‘g‘irlangan gaz ayrim AGTKShlarda mijozlarni jalb qilish maqsadida nisbatan narxlarni vaqtincha kamaytirish imkonini bermoqda. Bu holat iste'molchilarda narx masalasida noto‘g‘ri fikrga va asossiz noroziliklarga sabab bo‘ladi.
Siqilgan gaz sotilishi hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi tashish vaqtida olinayotgan va yuborilayotgan ma'lumotlarni aniq hisobga olish, gaz oqimi kirimi va chiqimini nazorat qilish imkonini beradi hamda bu jarayonda inson omili qatnashmaydi.
Mazkur avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishi bilan sovuq kunlarda AGTKSh yaqinida yashovchi aholida doimiy ravishda gaz bosimi kamayib ketishi muammosi ham bartaraf etiladi.
Mavzuga oid
08:57 / 24.02.2025
616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi
14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi
10:51 / 22.02.2025
270 mln so‘mdan ziyod gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
10:10 / 22.02.2025