O‘zbekiston | 08:41 / 27.01.2021
1727
1 daqiqa o‘qiladi

Urganchda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining filiali ochiladi

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
 
Milliy raqs san'ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining davlat ta'lim muassasasi shaklidagi Urganch filiali tashkil etiladi.
 
Filial tarkibida «Lazgi» ijrochiligini yanada rivojlantirish bo‘limi ochiladi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • «Lazgi» ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
  • fan-ta'lim va ijrochilikning integratsiyalashuvini ta'minlash;
  • «Lazgi» ijro yo‘lini asrab-avaylash, raqsning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlarini, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini chuqur o‘rganish va boshqalar.

Filialda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid