Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 fevraldan tibbiyot xodimlarini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi
O‘zbekistonda 2021 yilning 1 fevralidan tibbiyot xodimlarini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Qayd etilishicha, koronavirus kasalligiga qarshi emlash jarayonini puxta rejalashtirish va tibbiyot xodimlarini maxsus “Xavfsiz immunizatsiya” shartlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va vaksinatorlar ro‘yxati shakllantirildi.
“2021 yilning 1 fevralidan tibbiyot xodimlarini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorlash bo‘yicha bilim saviyalarini oshirishga qaratilgan trening va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirildi”, - deyiladi ma'lumotda.
Bildirilishicha, Xitoyning “Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinaning xavfsizligi va COVID-19 infeksiyasi oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida III faza klinik tadqiqotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 5000 nafar ko‘ngillilar orasida immunizatsiya tadbirlari o‘tkazilishi uchun vaksina olib kelingan.
Respublikaga 8 nafar xitoylik mutaxassislar tashrif buyurgan, bugungi kunda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda 3-faza klinik bosqichi o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:35 / 28.09.2023
O‘zbekistonda kimlar grippga qarshi bepul emlanishi ma’lum qilindi
19:07 / 19.07.2023
O‘zbekistonda qizamiq bilan xastalangan 50 nafar bemor aniqlandi – OAV
22:38 / 25.04.2023
Peterburgda mehnat migrantlari uchun qizamiqqa qarshi majburiy emlash joriy etildi
10:06 / 16.02.2023