Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 2,5 kg zumrad toshni 500 ming dollarga sotayotgan jinoiy guruhni aniqladi
Toshkent shahrida yirik miqdordagi qimmatbaho toshlar va qadimiy tilla tangalarni O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda olib kirib, sotayotgan jinoiy guruh fosh etildi.
Kun.uz'ga Davlat bojxona qo‘mitasidan ma'lum qilishlaricha, tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan 5 kishi Chilonzor tumanidagi xonadonlardan birida muqaddam Afg‘onistondan olib kelingan 2 kg 531 gr og‘irlikdagi zumrad toshlarni 500 ming dollarga, 8 gr og‘irlikdagi 1 dona qadimiy tilla tangani 10 ming dollarga sotayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, bu holatda noqonuniy oldi-sotdidan to‘xtatib qolingan tilla tanga eramizning III asriga mansub bo‘lib, Kushon davlatida zarb qilingan.

Bu shaxslardan birining hamyonida 3 dona olmos toshlari borligi ham aniqlandi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu holatda olib qo‘yilgan qimmatbaho toshlar va qadimiy tilla tanganing umumiy qiymati jami 16 mlrd 818 mln so‘mni tashkil qiladi.
Hozirda jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tezkor tadbirni Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025