Aktyor Vasiliy Lanovoy vafot etdi

Sobiq ittifoq xalq artisti Vasiliy Lanovoy 87 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin xabar berdi.
“Qayg‘uli xabar keldi. Ajoyib artist, xalqning sevimli aktyori Vasiliy Semenovich Lanovoy hayotdan ko‘z yumdi”, deb yozgan Sobyanin.
Lanovoy 2 yanvarda koronavirus bilan shifoxonaga yotqizilgan. 28 yanvarga o‘tar kechasi aktyorning ahvoli og‘irlashib, jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan.
Aktyor yaqinda 87 yoshini qarshilagan edi.
Lanovoy 1934 yil 16 yanvarda Moskvada tug‘ilgan. O‘z ijodini 1957 yildan Ye.Vaxtangov nomidagi teatrda boshlagan. Aktyor teatrdagi rollaridan tashqari, 70dan ko‘proq kinorollar ijro etgan. Jumladan, u “Alvon yelkanlar” (“Alyye parusa), “Ofitserlar” (“Ofitsery”), “Bahorning o‘n yetti lahzasi” (“Semnadsat mgnoveniy vesny”) kabi mashhur filmlardagi rollari bilan muxlislar qalbidan o‘rin olgan.
Lanovoy ko‘plab orden va davlat mukofotlari sohibi hisoblanadi.
Mavzuga oid

16:12 / 15.01.2025
Taniqli aktyor Ravshan Jo‘rayev vafot etdi

09:07 / 27.02.2024
Rossiyada sobiq aktyor sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

12:07 / 10.11.2023
Hollivud aktyorlari ish tashlashni tugatdi

13:29 / 20.07.2023