Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Johnson & Johnson kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi samaradorligi 72 foizgacha ekanligi ma'lum qilindi
Sinovlarda AQSh va dunyoning boshqa mamlakatlaridan 43783 kishi qatnashgan. Qayd etilishicha, kasallikning og‘ir kechishi profilaktikasida vaksina barcha hududlarda emlashdan 28 kun o‘tgach 85 foiz samaradorlik ko‘rsatgan.
Johnson & Johnson kompaniyasining koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinasi samaradorligi uchinchi bosqich natijalariga ko‘ra 66 foizdan 72 foizgachani tashkil etdi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.
Ma'lumot berilishicha, sinovlarda AQSh va dunyoning boshqa mamlakatlaridan 43783 kishi qatnashgan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida koronavirusning og‘ir va o‘rtacha shakli profilaktikasida emlashdan 28 kun o‘tgach vaksina samaradorligi 66 foiz, Janubiy Afrikada 57 va AQShda 72 foizni tashkil etgan.
Sinovda qatnashganlarda virusdan himoya emlashdan 14 kun o‘tgach paydo bo‘lgan.
Qayd etilishicha, kasallikning og‘ir kechishi profilaktikasida vaksina barcha hududlarda emlashdan 28 kun o‘tgach 85 foiz samaradorlik ko‘rsatgan.
Og‘ir kasallikka qarshi samaradorlik vaqt o‘tishi bilan oshib bordi va 49-kundan so‘ng emlanganlarning hech birida kasallik yuqtirish qayd etilmadi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024