Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik gubernator Bayden ustidan sudga arz qilishini aytdi
AQShning Texas shtati gubernatori Greg Ebbott AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan iqlim inqirozini yengib o‘tish bo‘yicha “dushmanona” rejalar ilgari surilayotgani uchun Oq uy rahbarini sudga berish bilan po‘pisa qildi.
Ebbott Baydenni ushbu harakatlari uchun tanqid qilib, Oq uy rahbari tomonidan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash doirasida imzolangan farmonlar Texasda neft va gaz qazib olishga putur yetkazishini aytgan. Gubernator “quruq gap” bilan cheklanib qolmay, yangi prezident tomonidan ma'qullangan tashabbuslar bo‘yicha sud tartibida bahslashishga imkon beruvchi buyruqni imzolagan.
Texas gubernatori buyruqni imzolash vaqtida neft-gaz sohasida ish o‘rinlarini saqlab qolishga va'da bergan. “Texas neft-gaz sanoatini Vashingtonning har qanday dushmanona tajovuzlaridan himoyalaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan gubernator.
28 yanvarda Bayden davlat yerlari va dengiz shelflarida neft va gaz konlarini o‘zlashtirish uchun yangi litsenziyalar berilishini to‘xtatuvchi farmonni imzolagan. Bu farmon neftchilarning achchig‘ini keltirgan. Ta'kidlanishicha, farmon iqlim o‘zgarishi bilan kurashish maqsadida imzolangan.
Barak Obama prezidentligi vaqtida AQSh atrof-muhitga chiqariluvchi zararli moddalar hajmini 2025 yilgacha 2005 yildagiga nisbatan 26-28 foizga kamaytirishga va'da bergan. Donald Tramp rahbarligi vaqtida ushbu jarayon deyarli to‘xtab qolgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025