Jamiyat | 14:50 / 01.02.2021
9035
3 daqiqa o‘qiladi

Katta o‘g‘lidan ayrilgan ota xuddi shu kasallik bilan kurashayotgan o‘g‘liga jigarini bermoqchi – unga ko‘mak zarur

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi Jamshid Isroilov bir necha yildan beri jigar sirrozi kasalligi bilan kurashib yashamoqda. Bugun u siz-u biz kabi saxovatpesha insonlar ko‘magiga muhtoj.

Samarqandlik ushbu bemor yigit sog‘ayib ketishi uchun yordam so‘rab murojaat qilmoqda. U 2018 yildan beri jigar sirrozi hamda qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishidan aziyat chekmoqda.

Uning otasi Usimboy Isroilov bundan bir necha yil avval ham xuddi shu kasallikdan katta o‘g‘lini tuproqqa qo‘yganini, endi esa kichik o‘g‘lini davolatish uchun Hindistonga borib operatsiya qildirish ularga og‘irlik qilayotganini, saxovatli xalqimizdan yordam so‘rab murojaat qilishayotganini so‘zlab berdi. Yigitning butkul sog‘ayib ketishi uchun uning jigari transplantatsiya qilinishi zarur.

«Asli kelib chiqishi bolalikda «Gepatit» kasaliga chalingandi. Davolatishimizga qaramay, asorati qolgan ekan. 3 yil oldin bu kasallikka chalinib qoldi. Hindistonga olib borishimiz uchun juda katta mablag‘ kerak ekan. Ko‘p joylarga murojaat qildim. Jigari almashtirilsa, yaxshi bo‘lib ketadi, deyishyapti. Olib borishga harakat qilyapman, lekin mablag‘im yetarli emas. Hozirda bitta dorisining o‘zi 1 mln 200 ming so‘m.

1986 yilda tug‘ilgan katta o‘g‘limni ham 4 yil oldin shu kasallik tufayli tuproqqa qo‘ydim. Qizilo‘ngach tomiri yorilib ketib, 3 kunning ichida uni yo‘qotib qo‘ydik. Oliy ma'lumotli o‘qituvchi edi. 2 nafar farzandi men bilan qoldi.

 Hozirda meni ko‘rib turgan saxovatpesha insonlardan yordam berishlarini so‘rab qolaman. Bu o‘g‘limni ham yo‘qotsam, men uchun yashashdan maqsad qolmaydi. Ezilib-ezilib bo‘ldim. Farzandim o‘rtoqlari qatorida yurib, sog‘-salomat bo‘lishini xohlardim», – deya saxovatpesha xalqimizga ko‘z tikmoqda bemorning otasi Usimboy Isroilov.

Bemor Jamshid Isroilovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 5304 8427 8679 Jamshid Isroilov nomida

Humo: 9860 2601 0161 4295 Jamshid Isroilov nomida

Sberbank: 4276 6100 1259 42 27 Jamshid Isroilovning qarindoshi Nurislom Toshnazarov nomida

VISA: 4738 7302 4059 6711 Jamshid Isroilovning qarindoshi Javlon Botirov nomida

Telefon: 998999461263, 998995973916

Saxovati daryo aziz yurtdoshlar, Zuhriddin birodarimiz boshiga tushgan og‘ir kunlarda saxovatingizni ayamasligingizni so‘raymiz. Zero, Alloh va'da qilganidek, ehsonning mukofoti faqat ehsondir.

Doston Rahmatov tayyorladi
Tasvirchi: Doniyor Yakubov

Mavzuga oid