«Kredit-modul tizimiga 3 yil ichida to‘liq moslashib olamiz» - Abduvali Xoliqov
Kredit-modul tizimida ta'limga oid barcha jarayonlar elektron shaklga o‘tadi: reyting daftarchasi, talabalarning qayd varaqasi, jurnallar va o‘qituvchilar ish rejasi – bularning hammasi qog‘oz holida bekor qilinadi.
2020/21 o‘quv yilidan respublikadagi 46ta davlat OTMlarida kredit-modul tizimi joriy etila boshlandi. Bosqichma-bosqich barcha OTMlar shu tizimga o‘tadi.
Yangi tizimga oid tushunmovchiliklarga Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov izoh berdi.
«Hozir 1-kurslarda joriy etildi. To‘g‘ri, ko‘pgina savollar, tushunmovchiliklar bo‘lyapti. Kamida 3ta kurs to‘liq mana shu kredit-modul tizimiga o‘tganda OTMning 80–90 foizi bu jarayonga moslashadi. Ya'ni biz 3 yildan keyin to‘liq kredit-modulga moslashib olamiz.
Chunki hozir 4ta kursdan 2tasi baholashda, yuqori kursimiz reyting tizimi va 1-kursimiz kredit-modul tizimida o‘qitilyapti», – dedi Abduvali Xoliqov 1 fevral kungi brifingda.
Ma'lum qilinishicha, kredit-modul tizimiga o‘tganda, barcha jarayonlar elektron holatga keltiriladi. Ya'ni elektron universitet yaratiladi. Qog‘oz ko‘rinishidagi reyting daftarchasi va talabalarning qayd varaqasi, jurnallar, o‘qituvchilar ish rejasi – hammasi bekor qilinadi.
Abduvali Xoliqovga ko‘ra, elektron tizimda belgilangan muddat o‘tgach, bahoni o‘zgartirishga o‘qituvchida imkoniyat qolmaydi. Baho qandaydir sabab bilan o‘zgartirilsa ham, uni kim, qachon va qanday o‘zgartirgani tegishli dasturda ko‘rinib turadi.
Mavzuga oid
19:34 / 05.04.2024
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga yangi rektor tayinlandi
15:31 / 05.04.2024
Magistratura bosqichiga chet tili sertifikati talabi qo‘yilgani sabab OTMlar moliyaviy zarar ko‘rgan – hisobot
12:36 / 29.03.2024
“Bu holatga endi yo‘l qo‘yilmaydi” - vazirlik OTM xodimlaridan ma’lumotlarni kirill yozuvida berishni so‘rab yozgan xatiga munosabat bildirdi
16:43 / 09.03.2024