O‘zbekiston | 12:00 / 01.02.2021
7560
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Modera Towers – ofis xonalari va 24 m² maydondan boshlanuvchi xonadonlarga ega ko‘p funksiyali 24 qavatli kompleks

Modera Towers – bu “mixed-used property” (“ko‘p funksional ko‘chmas mulk”) konsepsiyasiga ega O‘zbekistondagi birinchi turar joy kompleksi. Kompleks 30 metr balandlikdagi stilobatda, ochiq hovli bilan bog‘langan 24 qavatli ikkita minoradan iborat.

Modera Towers majmuasi "Do‘stlik" (sobiq "Bobur") bog‘i yaqinida, Shota Rustaveli va Kichik Mirobod (sobiq Ivliyeva) ko‘chalari chorrahasida joylashgan.

Joylashuv hududning rivojlangan infratuzilmasi bilan ajralib turadi. Maktablar va bolalar bog‘chalari, kafe va restoranlar, tibbiyot muassasalari va banklar – bularning barchasi va boshqa ko‘p narsalar juda yaqin masofada joylashgan. Eng zarur joylar uyining yonida bo‘lishini istaydiganlar uchun ajoyib makon.

"Sözüneri Architecs" turk arxitektura byurosining konsepsiyasiga ko‘ra, majmuaning ko‘p funksionalligi shundaki, u savdo maydonchasi, biznes markazi va 19 qavat turar joyni birlashtirgan. Loyihani yaratishda, ishlab chiquvchi barcha detallarni sinchkovlik bilan o‘ylab chiqdi hamda bu kompleksni yashash va dam olish uchun chindan ham qulay qildi.

Jamoat joylari beshinchi va oltinchi qavatlarda bo‘ladi. Beshinchi qavatda turar joy kompleksda yashaydigan aholi uchun fitnes zali, restoran, spa-kompleks, dam olish joyiga ega yopiq va ochiq suv havzalari xizmat ko‘rsatadi. Sport bilan shug‘ullanish yoki o‘zingizga qarash uchun vaqt sanash yoki kuningizning bir necha soatini ajratishingiz shart emas, uyning beshinchi qavatiga tushish kifoya qiladi.

Majmuaning oltinchi qavati 30 metr balandlikdagi stilobat ustidagi hovli uchun ajratilgan va bir nechta funksiyalarni bajaradi. Unda bolalar maydonchalari, kichik kinoteatr, dam olish maskani va kovorking markazi joylashgan bo‘lib, u yerda yashovchi aholi zarur ofis jihozlari va ish joylaridan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, faqat Modera Towers'da yashovchilar uchun ziyofat zali ham bor.

Uy-joy qavatlari majmuaning 6-qavatidan boshlanadi va hovli stilobatda joylashgani sababli, bu qavatdagi xonadonlar ko‘chadan ko‘rinmaydi, bu esa aholiga alohida qulaylik yaratadi.

Oddiy loyihalarning boshlang‘ich maydoni 24 m²dan boshlanadi va odatdagi xonadonning eng katta maydoni 104 m² bo‘ladi.

Pentxauslar eng yuqori 21–24-qavatlarda joylashadi. Katta maydonli xonadonda yashashni istagan barcha xaridorlar uchun uni birlashtirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

turar joy aholisi o‘z xonadonlarining derazalaridan ajoyib manzarani tomosha qilishlari uchun panoramik oynalar o‘rnatishga qaror qilindi.

Modera Towers'dagi hayot – bu o‘z vaqtini qadrlaydigan va zarur barcha narsa yonida bo‘lishni afzal ko‘radiganlar uchun ideal yechim.

Kompleks haqida batafsil ma'lumot olish uchun savdo ofisiga murojaat qiling yoki qo‘ng‘iroq qiling: 94 000-77-77

Savdo ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 10:00dan 19:00gacha ishlaydi.

Instagram: @moderatowers

Facebook: fb.com/moderatowers

Telegram: t.me/moderatowers

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid