Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyek Ma Xitoyning yetakchi tadbirkorlari ro‘yxatiga kiritilmadi
Alibaba asoschisi o‘rniga gazetaning birinchi sahifasidan uning «asosiy raqibi», Tencent rahbari Ma Xuaten joy oldi.
Milliarder Jyek Ma Shanghai Securities News davlat ishbilarmonlar gazetasi e'lon qilgan Xitoyning yetakchi tadbirkorlari ro‘yxatiga kiritilmadi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
Alibaba asoschisi o‘rniga gazetaning birinchi sahifasidan uning «asosiy raqibi», Tencent rahbari Ma Xuaten joy oldi, deya qayd etadi agentlik. Ro‘yxatga shuningdek, Huawei asoschisi Jyen Chjenfey, Xiaomi rahbari Ley Tszyun va BYD prezidenti Van Chuanfu kiritilgan.
Shanghai Securities News gazetasida Jyek Maning nomi tilga olinmasligi u va mamlakat hukumati o‘rtasidagi nizo davom etayotganligini bildiradi, deb yozadi Reuters. Ro‘yxat Alibaba choraklik hisobotini e'lon qiladigan kunda e'lon qilindi.
Jyek Ma oktyabrda Shanhaydagi konferensiyada xalqaro moliyaviy regulyatorlar qoidalari eskirganini aytgan va Xitoy banklarini tanqid qilib, ular «lombardcha mentalitet»ga egaligini bildirgandi.
5 noyabr kuni nazorat paketi Maga tegishli bo‘lgan Ant Group Shanhay va Hongkong birjalarida IPO’ni amalga oshirishi kerak edi. Biroq birjaga chiqishdan ikki kun oldin Xitoy moliyaviy regulyatorlari Ma va Ant Group rahbarlarini suhbatga chaqirgan. Reuters manbasining so‘zlariga ko‘ra, ular bizneslarini to‘liq tekshiruv kutayotgani to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Ant Group IPO’si qoldirildi. Xabarlarga ko‘ra, bu boradagi qarorni shaxsan XXR hukumati raisi Si Tszinpin qabul qilgan.
Dekabrda Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni shaffof raqobat prinsiplarini va iste'molchilar huquqlarini buzishda aybladi. 24 dekabrda esa Alibaba ustidan tekshiruv boshlangani ma'lum qilindi.
Oxirgi marta oktyabrda omma oldida ko‘ringan Jyek Ma uch oydan so‘ng – yanvar o‘rtalarida ko‘rinish berdi. U Jyek Ma 20 yanvar kuni xayriya tadbirida videoaloqa orqali chiqish qilgan.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025