O‘zbekiston | 13:40 / 02.02.2021
2850
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2 951ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majmualari quriladi

Hukumat qarori bilan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish bo‘yicha 2021–2022 yillarga mo‘ljallangan manzilli dastur tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Manzilli dasturga ko‘ra, belgilangan yillarda respublika bo‘yicha jami 2 951ta (shundan, 2021 yilda 1 881ta, 2022 yilda 1 070ta) majmua (loyiha)lar qurilishi nazarda tutilgan.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majmualarida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bo‘linmalari joylashtiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid