Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yapon nashri myanmalik harbiylar bir necha yuz kishini hibsga olishganini ma'lum qildi
Myanmalik harbiylar 1 fevraldagi voqealar vaqtida bir necha yuz kishini, jumladan hukmron “Demokratiya uchun milliy liga” partiyasining rahbariyati va faollarini hamda partiya yetakchisi, tashqi ishlar vaziri Aun San Su Chjini hibsga olishgan.
Shuningdek, mamlakat poytaxti Neypidoda partiyaning parlamentdagi barcha a'zolari, partiya rahbariyati oilalari a'zolari ham hibsga olingan. Bu haqda Yaponiyaning Kyodo axborot agentligi xabar berdi.
Kyodo’da ta'kidlanishicha, parlamentning milliy ozchilikni bildiruvchi partiyalardan deputatlari, harbiylarni tanqid qilgan ba'zi jamoat arboblari ham hibsga olingan.
Aun San Su Chji uy hibsiga olingan. Unga vaqti-vaqti bilan qarorgohi hududi bo‘ylab sayr qilib turishga ruxsat berilgan.
1 fevralda myanmalik harbiylar mamlakat rahbariyatini hokimiyatdan chetlatib, mamlakatda bir yillik muddatga favqulodda vaziyat kiritilishini e'lon qilishdi. Ular bu harakatlarini 2020 yil noyabrda o‘tgan parlament saylovlarida yo‘l qo‘yilgan soxtalashtirishlarga javoblari bilan tushuntirishgan. Saylovlarda “Demokratiya uchun milliy liga” partiyasi katta ustunlik bilan g‘alaba qozonib, 1 fevralda hukumatning yangi tarkibini shakllantirishni boshlashi kerak edi.
Mavzuga oid
15:15 / 17.05.2025
Ukrainaga halok bo‘lgan 909 harbiyning jasadi qaytarildi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025