Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda elektromobillar uchun 2ta quvvatlash stansiyasi o‘rnatildi
Toshkent shahrida elektromobillar uchun 2ta quvvatlash stansiyasi o‘rnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Vazirlik ma'lumotida qayd etilishicha, prezidentning 2020 yil 10 iyuldagi “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4779-son qaroriga asosan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “UNG Petro” MChJ tasarrufidagi, Toshkent shahrida joylashgan 2ta AYoQShda (Chilonzor tumani, Baynalmilal ko‘chasi, 100A-uy va Chinobod 15 Mirzo Ulug‘bek tumanu, KAHY, Chunobod ko‘chasi) shaharsozlik norma qoidalariga muvofiq joylashtirish mumkinligi belgilab olindi.
Hozirda ushbu AYoQShlarda modul stansiyalari o‘rnatilib ishga tushirildi.
Avvalroq, 2020 yilda O‘zbekistonga nechta elektromobil olib kelingani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

23:25 / 17.03.2025
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi

09:55 / 06.11.2024
Ko‘p qavatli uylar yaqinida elektromobillarni quvvatlash stansiyalari o‘rnatiladi

18:19 / 08.06.2023
Volvo EX30 elektromobilini taqdim etdi

14:45 / 24.05.2023