Aholi fikrini e'tiborga olmasdan shahar jamoat joylarini o‘zgartirish mumkin emas - Saida Mirziyoyeva
Avvalroq Toshkent shahri hokimligi mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab quriladigan «Istiqlol» majmuasi loyihasi uchun e'lon qilgan tanlov bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi.
Mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva shahar jamoat joylari o‘zgartirilishi borasida munosabat bildirdi.
“Shahar jamoat joylari, ayniqsa yashil bog‘ hududlari muhofaza qilinishi, asralishi va kengaytirilishi lozim. Jamoat va shahar aholisining fikrini e'tiborga olmasdan ularni tubdan o‘zgartirish mumkin emas” , deb yozdi u o‘z Telegram-kanalida.
Avvalroq Toshkent shahri hokimligi mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab quriladigan «Istiqlol» majmuasi loyihasi uchun tanlov e'lon qilgandi.
Qayd etilishicha, yangi majmua Toshkent markazidagi xiyobon o‘rnida quriladi: qurilish uchun Sharof Rashidov, Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari oralig‘ida, Markaziy univermag (TsUM) qarshisidagi hudud tanlangan.
E'lon qilingan mazkur tanlov qizg‘in bahs-munozaralar keltirib chiqardi. Shundan so‘ng poytaxt hokimligi bu mavzu yuzasidan bayonot berdi.
Bayonotda aytilishicha, maydondagi ko‘p yillik manzarali daraxtlarni saqlab qolgan hamda hozirgi xiyobon faoliyatiga ta'sir qilmagan holda mamlakat tarixi, mustaqillik yillaridagi yutuqlar, milliy o‘ziga xoslikni namoyon etuvchi majmuani barpo etish e'lon qilingan tanlov shartlarida alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
“Bugundan e'tiboran Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan “Istiqlol” majmuasi barpo etilishi belgilangan hududdagi barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi va muhofazaga olinadi”, - deyilgan hokimlik bayonotida.
Mavzuga oid
15:56 / 23.11.2024
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasida ishga olmoqchi
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
07:03 / 16.11.2024
Saida Mirziyoyeva talabalar bilan uchrashdi
23:45 / 08.11.2024