Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tashkent Law Spring» ikkinchi xalqaro yuridik forumi o‘tkaziladi
2021 yil uchun qabul qilingan davlat dasturiga ko‘ra, shu yilning bahor faslida “Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro yuridik forumi o‘tkaziladi.
“Tashkent Law Spring” birinchi xalqaro yuridik forumidan farqli ravishda forumning ikkinchisi videoanjuman shaklida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Forum sud hokimiyati va davlat organlari faoliyatining shaffofligini oshirishga qaratilgan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etishga qaratiladi.
Forumda ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoit taqdim etilishi hamda yuridik texnikum va oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari forumda onlayn tarzda ishtirok etishi uchun sharoit yaratib berilishi nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Tashkent Law Spring” birinchi xalqaro yuridik forumi 25-26 aprel kunlari Toshkent shahridagi “UzExpo” ko‘rgazmalar markazi binosida bo‘lib o‘tgan edi. 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli o‘tkazilmadi.
Mavzuga oid
12:06 / 22.04.2021
«Tashkent Law Spring» II xalqaro yuridik forumi boshlandi
00:53 / 27.04.2019
O‘zbekistonga ingliz huquqi kerakmi?
23:42 / 26.04.2019
Xalqaro ekspert: «O‘zbekiston hukumati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyot yo‘lini tahlil qilishi kerak»
14:47 / 25.04.2019