BAA sayyoralararo stansiyasi Mars orbitasiga chiqdi
BAA kosmik qurilmasi Marsga yetib borgan dunyodagi beshinchi mamlakatga aylandi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Al Amal ("Umid") avtomatik sayyoralararo stansiyasi qariyb 500 mln km masofani bosib o‘tib, Mars orbitasiga chiqdi.
Xabar qilinishicha, Marsga yaqinlashgan vaqtda gravitatsion hududga kirish uchun kosmik qurilma tezligi soatiga 121 ming kilometrdan 18 ming kilometrga pasaytirilgan.
Kosmik stansiya parvozi o‘tgan yil 20 iyulda Yaponiyadagi Tanegasima kosmik markazining H-IIA tashuvchi raketasi yordamida amalga oshirilgandi.
Marsning elliptik orbitasida joylashadigan mazkur qurilma sayyoraning iqlimi va atmosferasining quyi qatlamlarini o‘rganadi. U uchta kamera bilan jihozlangan.
Al Amal ilk bor Mars atmosferasining to‘liq manzarasini taqdim etadi. Uning yordamida Mars iqlimini belgilovchi omillar aniqlanadi. Missiya ikki yilga yaqin davom etadi.
BAA kosmik qurilmasi Marsga yetib borgan dunyodagi beshinchi mamlakat bo‘ldi.
Qiymati 200 mln dollar deb baholangan mazkur sayyoralararo stansiya parvozi BAA tashkil topganligining 50 yilligiga bag‘ishlangan.
Mavzuga oid
16:57 / 25.11.2024
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
14:15 / 12.11.2024
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
12:00 / 23.10.2024