Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
Adliya vazirining “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi e'lon qilindi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etish davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.
Ma'lum qilinishicha, o‘rganishlar davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tizimi yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganini ko‘rsatmoqda.
Shunga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazishning amaldagi tartibini takomillashtirish zaruriyati mavjudligi aytiladi.
Loyiha bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda:
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi va sxemasi;
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash metodikasi;
korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha cheklist.
Shu bilan birga, “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq va unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmoqda.
Mavzuga oid
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13:37 / 18.05.2025
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
10:20 / 15.05.2025