O‘zbekiston fuqarolari ham mamlakat ichida turistik yig‘im to‘laydigan bo‘ldi
Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishga oid prezident farmoni e'lon qilindi.
Farmonga asosan, 2021 yil 1 martdan boshlab, O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yig‘im undiriladi.
Yig‘im miqdorini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Ma'lumot uchun, ayni paytda turistik yig‘imni faqat xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatgan joylashtirish vositalari to‘lamoqda.
Mahalliy aholidan yig‘iladigan turistik (mehmonxona) yig‘im ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Farmonga binoan, xorijiy aviakompaniyalarning Indoneziya, Bangladesh va Malayziya mamlakatlaridan xorijiy turistlarning O‘zbekistonga sayohatlarini tashkil etishga qaratilgan hamda «Umra+» dasturi doirasidagi O‘zbekistonga aviaparvozlari, qo‘nish va uchish xavfsizligi qoidalaridan tashqari, to‘sqinliksiz amalga oshiriladi.
Respublikaning turizm namoyishi obektlarini keng targ‘ib qilish, fuqarolarni boy tabiiy, madaniy va tarixiy meros obektlari bilan tanishtirish hamda ichki turizmni ommalashtirishga qaratilgan (tijorat maqsadlarni ko‘zlamagan) axborot ma'naviyat va ma'rifat masalalariga doir axborotga tenglashtiriladi.
Mavzuga oid
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024
2024 yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
17:47 / 15.10.2024