Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odamlar o‘z fikrlarini bayon qilishdan tortinmayapti – AQSh elchisi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar haqida
AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum Toshkent shahridagi 295-maktabda Navoiy tavalludi va amerikalik pedagoglarni kutib olish maqsadida tashkil qilingan uchrashuv chog‘ida Kun.uz muxbirining savollariga ham javob berdi.

- Oliy ta'lim, ya'ni universitet o‘qituvchilariga oid loyihalar ham bo‘ladimi?
- Ha, loyihalarimizning ayrimlari universitet darajasida, xususan, pedagogika sohasida amalga oshirilmoqda. AQShdan kelgan bir necha mutaxassislarimiz universitetlarga joylashadilar va ular ingliz tili fakultetlarida faoliyat yuritadilar.
- O‘zbekistonga kelganingizdan beri nimalar o‘zgardi?
- Men bu yerga (O‘zbekistonga) kelganimdan beri ro‘y bergan eng katta o‘zgarish, ehtimol, odamlarning o‘z fikrlarini ochiq bayon qilishga istaklari oshdi. Bu doim bo‘lgan, lekin ijtimoiy tarmoqlar, matbuot va hatto ko‘chada ham odamlar ko‘proq fikrlarini bildirmoqdalar. Odamlar o‘z tuyg‘u va o‘ylarini ko‘proq ifoda etmoqdalar.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025