Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Poytaxt» biznes majmuasi va «Malika» savdo markazi xususiylashtiriladi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga investorlar uchun jozibador bo‘lgan 12ta obektni, shuningdek, 18 korxonadagi davlat ulushini sotish vazifa qilib berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat dasturida rejalashtirilgan vazifalar bo‘yicha o‘tkazilayotgan selektorda yillar davomida muammo bo‘lib kelgan xususiylashtirish va ishsizlik masalalariga alohida to‘xtaldi.
«Viloyat va tuman hokimlari tomonidan dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga sug‘oriladigan yerlardan 10 sotixdan 1 gektargacha yer ajratish boshlandi. Ushbu jarayonlarda adolat va halollik bosh mezon bo‘lishi, buni Bosh prokuror Yo‘ldoshev shaxsan nazoratga olishi zarur.
- Bunda, joriy yilda Kamalov (Qoraqalpog‘iston) – 72 ming nafar, Abdurahmonov (Andijon) – 220 ming, Zaripov (Buxoro) – 82 ming, Soliyev (Jizzax) – 131 ming, Z.Mirzayev (Qashqadaryo) – 162 ming, Tursunov (Navoiy) – 60 ming, Abdurazzoqov (Namangan) – 200 ming, Turdimov (Samarqand) – 160 ming, Bobolov (Surxondaryo) – 85 ming, G‘.Mirzayev (Sirdaryo) – 62 ming, D.Hidoyatov (Toshkent) – 110 ming, Bozorov (Farg‘ona) – 240 ming, Ermanov (Xorazm) – 75 ming nafar fuqarolar bandligini ta'minlaydi.
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilayotgan 6 trillion so‘mlik kreditlardan samarali foydalanish maqsadida tijorat banklari rahbarlari joriy yil 1 martga qadar joylarda yangi «mahallabay ishlash» tizimini yo‘lga qo‘yish orqali har bir mahallaning «o‘sish nuqtalari»dan kelib chiqib, tadbirkorlik salohiyatini oshirish dasturini tasdiqlasin.
Samarqandga – 625 mlrd so‘m, Namangan va Farg‘onaga – 550 mlrd so‘mdan, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazmga – 500 mlrd so‘mdan, Qoraqalpog‘istonga – 440 mlrd so‘m, Buxoro va Toshkent viloyatiga – 400 mlrd so‘m, Navoiy va Jizzaxga – 300 mlrd so‘m, Sirdaryoga – 270 mlrd so‘m, Toshkent shahriga – 180 mlrd so‘m ajratiladi.
[Bosh vazir o‘rinbosari] Qo‘chqorov, [Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari] Ortiqov mart oyi yakuniga qadar «Poytaxt» biznes majmuasi, 46 gektar hududga ega «Beldirsoy» va 76 gektar maydonli «Chorvoq» dam olish maskani, poytaxt markazidagi 4 gektarli yirik savdo kompleksi (Malika) kabi investorlar uchun jozibador bo‘lgan 12ta obekt sotilishini ta'minlashi zarur.
Ortiqov aprel oyida «Kvars», «Jizzax plastmassa», «Kafolat sug‘urta» kabi 18ta korxonalardagi davlat ulushini sotib, joriy yilning birinchi yarmiga qadar budjetga 1 trillion so‘m tushum qilishi shart», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi
11:46 / 26.05.2025