O‘zbekiston | 16:43 / 11.02.2021
2835
1 daqiqa o‘qiladi

Nur-Sultonga muntazam aviareyslar soni ko‘paytiriladi

O‘zbekistondan Qozog‘istonga muntazam aviareyslar soni ko‘paytirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston aviatsiya ma'muriyatlarining kelishuviga asosan joriy yilning 15 fevralidan boshlab, Toshkent – Nur-Sulton – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar soni ikki davlatdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda har bir tomondan haftasiga 1tadan 2tagacha ko‘paytiriladi. 

“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Toshkent – Nur-Sulton – Toshkent yo‘nalishida haftasiga 2 marotaba - seshanba va juma kunlari muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. 

Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda Qozog‘istonning “Air Astana” aviakompaniyasi tomonidan ham parvozlar amalga oshirilishi kutilmoqda.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid