Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Shermatov: AQSh va Rossiyadan kelgan o‘qituvchilarning maoshini O‘zbekiston to‘lamaydi
Amerikalik pedagoglar xarajatlari AQSh tomonidan, rossiyaliklarniki esa Rossiya tomonidan qoplanadi. Ular mahalliy o‘qituvchilar bilan parallel ravishda dars o‘tadi, soatini olib qo‘ymaydi. Xitoydan kelayotgan 1300ta kompyuter sinflari xarajatlari Xitoy tomonidan qoplanadi.
O‘zbekistonga AQShdan 27 nafar o‘qituvchi kelib ta'lim bera boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bu mutaxassislarning maoshi juda baland bo‘lishi, mablag‘ qaysi manbalar hisobidan qoplanishi ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ygandi. Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov masalaga oydinlik kiritdi.
“Avvalgi yangiliklarga bu chet ellik o‘qituvchilarga shuncha pul berib, bizning o‘qituvchilar nonini yarimta qilyapti degan ma'noda qoldirilgan izohlarni o‘qib, shu masalaga oydinlik kiritib qo‘yish kerak deb o‘yladim: Prezidentimiz tomonidan dunyodagi eng salohiyatli davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi ortidan ushbu davlatlar tomonidan O‘zbekistondagi ta'lim islohotlariga ko‘maklashish uchun katta grant mablag‘lari ajratilmoqda. Odatda, grant mablag‘lari o‘zbek tomonga pul ko‘rinishida emas, balki o‘sha davlat tomonidan moddiy (masalan, Xitoydan kompyuterlar) yoki nomoddiy (AQShdan va Rossiyadan o‘qituvchilar xizmati) yordam ko‘rinishida beriladi. Bundan tashqari yana ko‘plab mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ham yordam bermoqda. Ularga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, – dedi vazir o‘z bayonotida.
Vazir Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida Amerikadan ingliz tili o‘qituvchilarini olib kelishga harakat qilinayotganini aytib, Rossiyadan rus tili o‘qituvchilari olib kelinganini bildirgan. Qayd etilishicha, har bir davlatning o‘zidan ekspert olib kelinmoqda. “Chunki ulardan yaxshiroq biladigani yo‘q”, degan vazir.
Mavzuga oid
14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi
18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi
09:05 / 15.03.2024
“Amerikaga qilingan umumiy eksportning yarmidan ko‘pi IT kesimiga to‘g‘ri keladi” – Sherzod Shermatov
12:12 / 05.01.2024