Jamiyat | 11:00 / 14.02.2021
5969
4 daqiqa o‘qiladi

“Nafas olayaptimi, deb kechasi 7-8 marta qarayman” - farzandiga shifo ilinjidagi onalar nidosi

Kichkina vujudda ikki dard

Nurmuhammadda bu kasallik bir yil avval boshlangan. Tanasidagi bir dard unga yana bir kasallikni – yurak porogini ham yetaklab kelgan.

“Oqqon tashxisi bilan davolanib kelayotgan edik. Bolamning qon bosimi tushib ketaverdi. Shifokorlar tekshirishganda yuragida porog paydo bo‘lgan ekan. Burni qonasa yoki qayt qilsa qo‘rqib ketaman. Kechasi 7-8 marta qarayman nafas olyaptimi deb”,- deydi onasi Nazira Salimova.

Nurmuhammad Sharopovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0604 0198 0843 onasi Nazira Salimova nomida

Sberbank: 4817 7601 9311 3671 otasi Sanjar To‘xtayev nomida

Viza: 4916 6400 0015 7956 qarindoshi Baxtiyor Qo‘ziyev nomida

Telefon: +998919249515 (onasi)

 Ixtiyor ota-onasini hoji qilishni istaydi

 Muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanib, o‘ziga yarasha yutuqlarga erishgan Ixtiyorda kasallik alomatlari isitmalar va holsizlik bilan aks etgan.

“Katta bo‘lsam harbiy bo‘laman. Maktabga borgim, do‘stlarimni ko‘rgim kelyapti. Tuzalib ketsam, oyim bilan dadamni hajga olib boraman” deya niyat qiladi bolakay. Onasi Gulruhning aytishicha, ayni paytda moddiy yetishmovchilik sabab davolanish uchun dori-darmonlarni olishda qiynalib qolishgan.

Ixtiyor Bo‘riyevga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 3080 1132 onasi Gulruh Primova nomida

Sberbank: 5469 3800 7462 8826 qarindoshi Maftuna Norqobilova nomida

Viza: 4097 8211 0070 9380 qarindoshi Hilola Umarova nomida

Telefon: +998912155554 (onasi)

 Bemor bolalarga yordam berganlarga Olloh ajrini bersin

Onasining so‘zlariga ko‘ra, As-saxirada dastlab oq dog‘lar, ko‘karishlar paydo bo‘lib, Andijonda oqqon tashxis qo‘yilgan. Qizaloq 4 yoshida shu murakkab kasallik bilan kurashmoqda.

“Boshimda turmush o‘rtog‘im yo‘q, borim – shu ikkita farzandim. 4 yildan beri ota-onamni qaramog‘idaman, ularning pensiyasiga bolalarimni katta qilyapman. Bemor bolalarga yordam berganlarga Olloh ajrini bersin”,- deydi onasi Sayyora.

As-saxira G‘ofurovaga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 3449 0239 onasi Sayyora Hayitqulova nomida

Sberbank: 4276 4000 4399 2479 qarindoshi Ilhom Hayitqulov nomida

Viza: 4187 8000 0041 7964 onasi Sayyora Hayitqulova nomida

Telefon: +998998711489 (onasi)

Uyg‘onganimda bolam yonimda bo‘lmasligidan qo‘rqaman

“Bir yil oldin o‘g‘limning isitmasi tushmay shifokorlarga murojaat qildik. Tahlil javoblari bolamda shu kasallik borligini ko‘rsatdi. Har safar tahlil topshirganda qo‘rqaman javoblari yaxshi chiqsin deb. Har kuni uyg‘onganimda bolam yonimda bo‘lmasligidan qo‘rqaman”,-deydi Imronxonning onasi. Dildoraning aytishicha, oilada faqat turmush o‘rtog‘i ishlaydi. Qaynotasi ham betobligi uchun oila moddiy qiyinchilikni boshdan kechirmoqda.

Imronxon Samariddinovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0610 8426 9108 onasi Dildora Ibragimova nomida

Sberbank: 4817 7601 8610 6658 qarindoshi Bekzod Amirov nomida

Viza: 4023 0602 3811 1339 onasi Dildora Ibragimova nomida

Telefon: +998997607131 (onasi)

Hadislarimizdan birida “Tangri kimniki xush ko‘rsa, uni hamma uchun kerakli qilib qo‘yadi” deyilgan. Kerakli bo‘lish, kimgadir najotkor bo‘lish ham bir baxtligini aziz hamyurtlarimiz yaxshi bilishadi. Tangriga uzatilgan qo‘llar muallaq qolmagan hech qachon.

Gulmira Toshniyozova tayyorladi,
tasvirchi Mirvohid Mirrahimov.

Mavzuga oid