Muxtor Umarov O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasiga rais etib saylandi
O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasiga «O‘zbekiston Eksportchilari» uyushmasi boshqaruv kengashi raisi, xalqaro iqtisodchi Muxtor Umarov rais etib saylandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Muxtor Umarov 1981 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2002 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini marketing mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Shuningdek, 1999 yilda AQShning «International English Institute»ni ingliz tili fani pedagogi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
M. Umarov o‘z mehnat faoliyatini 2001 yilda xususiy tadbirkorlikdan boshlagan, bir necha yillar davomida AQShda yashab, o‘z xususiy biznesiga asos solgan. 2006-2010 yillarda «Chromos Production» MChJ, 2011-2015 yillarda «Everest Impeks Plyus» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori, 2018-2019 yillarda «Qandolatchilikni rivojlantirish» assotsiatsiyasi raisi bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid
17:01 / 19.09.2022
Muxtor Umarov: “Feodalizm davrini qo‘msayotgan, fermerlarni qul qilishni xush ko‘radigan rahbarlarni bilamiz”
17:38 / 03.12.2021
“Tadbirkorlarga ham valuta ayirboshlash huquqini berish vaqti allaqachon kelgan” - Muxtor Umarov
18:24 / 30.10.2021
“Turkiya yoki BAA oxirgi 30 yilda erishgan rivojlanishga 10 yilda erishmoqchimiz” - Muxtor Umarov
17:45 / 04.10.2021