Peru tashqi ishlar vaziri koronavirusga qarshi vaksinaga navbatsiz emlangani uchun iste'foga chiqdi
Vazir tadqiqot guruhiga mo‘ljallangan vaksinani navbatsiz olgan.
Peru tashqi ishlar vaziri Elizabet Astet Rodriges koronavirusga qarshi vaksinaga navbatsiz emlangani sababli iste'foga chiqdi.
"Bugun tashqi ishlar vaziri Elizabet Astetning iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildim", - deb yozdi Peru prezidenti Fransisko Sagasti o‘z Twitter sahifasida.
Uning aniqlik kiritishicha, iste'fo vazirning tadqiqot guruhiga mo‘ljallangan vaksinani navbatsiz olganligi bilan bog‘liq.
Avvalroq Ispaniya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general Migel Anhel Vilyarroya koronavirusga qarshi emlanganidan so‘ng paydo bo‘lgan noroziliklar sababli iste'foga chiqishga majbur bo‘lgandi.
General navbatsiz emlanganlikda ayblangan va Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Roblesga iste'foga chiqish to‘g‘risida ariza bergan.
Mavzuga oid
14:22 / 16.11.2024
Peruda Xitoy sarmoyasiga qurilgan megaport ochildi
18:24 / 04.11.2024
Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi
21:55 / 22.10.2024
Peru sobiq prezidenti Alexandro Toledo pora olgani uchun 20 yilga qamaldi
23:36 / 11.10.2024