Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada koronavirusning yana bir yangi varianti aniqlandi
Britaniyada koronavirusning 10ta davlatda, jumladan, Daniya, Avstraliya va AQShda tarqalishga ulgurgan yangi mutatsiyasi aniqlandi. Olimlarni yangi mutatsiya virusni antitanalarga nisbatan bardoshliroq qiladigan xususiyatga egaligi tashvishlantirmoqda.
The Guardian nashrining shotlandiyalik olimlarga tayanib xabar berishicha, yangi shtamm B1525 deb nom olgan. Edinburglik mutaxassislar ushbu shtammni Daniya, Britaniya, Nigeriya, AQSh, Fransiya, Gana, Kanada, Avstraliya, Iordaniya va Ispaniyada olingan namunalarni tahlil qilish yordamida aniqlashgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu shtamm bilan ilk kasallanish holatlari 2020 yil dekabr oyiga to‘g‘ri kelmoqda.
Olimlarning ta'kidlashicha, virusning yangi varianti Britaniyada keng tarqalgan B117 shtammidan tojsimon oqsilidagi Ye484K mutatsiyasi bilan farqlanadi. Bu mutatsiya esa virusni antitanalarga nisbatan bardoshliroq qiladi.
Ushbu vaziyat ortida shotlandiyalik mutaxassislar hukumatni virusning yangi varianti aniqlangan hududlarda ko‘proq test o‘tkazishga chaqirishgan.
10 fevralda JSST Britaniyada aniqlangan shtamm o‘tgan hafta yana 6ta davlatda aniqlangani va u tarqalgan davlatlar soni 86taga yetganini ma'lum qildi. Shuningdek, virusning dastlab JARda (501Y.V2), Braziliya va Yaponiyada (P.1) aniqlangan turlarining ham geografik tarqalishi kengaydi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025