Sport | 00:45 / 17.02.2021
11067
2 daqiqa o‘qiladi

Beshta viloyatda kurash maktablari ochiladi

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida kurash mahorati maktablari tashkil etiladi.

Shuningdek, hududlarda yangidan 25 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari ochiladi.

«Mazkur sport muassasalarida 300 dan ortiq sport seksiyalari tashkil etilib, ularga 30 mingdan ziyod yoshlarni qamrab olish choralari ko‘riladi», – deyiladi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov taqdim etgan jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 2021 yilgi rejalar to‘g‘risidagi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab 1 000 ta umumta'lim maktabida 18 soatlik reja asosida shaxmatga o‘qitish joriy etiladi va sportning bu turiga qo‘shimcha ravishda 25 ming nafar o‘quvchi jalb qilinadi.

2021 yilda, shuningdek, 10 mingta maktab 5 mln so‘mlik, 6 mingta bog‘cha 3 mln so‘mlik, jami 62 mlrd so‘mlik 9 turdagi birlamchi sport jihozlari bilan ta'minlanadi.

Sport maktablari esa 62 mlrd so‘mlik 101 turdagi sport anjomlari bilan jihozlanadi.

Mavzuga oid