O‘zbekiston | 14:03 / 17.02.2021
11192
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini qo‘llashga ruxsat berildi

Bugungi kunda ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Foto: RIA Novosti

Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari asosida O‘zbekistonda sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat etildi. O‘zAning xabar berishicha, bu haqda Maxsus komissiya yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, vaksina uchinchi bosqich sinovlaridan keyin ma'qullangan.

«Bugungi kunda ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya vaksinasini sertifikatlashtirish jarayoni 11 fevral kuni Rossiya vaksinasini ishlab chiquvchilaridan zarur materiallar, xususan, vaksinaning klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalari olinganidan so‘ng boshlangandi.

Bundan avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan fuqarolar soni 4 milliondan ortiqni tashkil etishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid