Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Rossiyani G‘arb davlatlari orasiga nifoq solishga urinishda aybladi
AQSh prezidenti shu bilan birga, dunyo sovuq urushga o‘xshash vaziyatga qaytishini xohlamasligini aytdi.
Rossiya G‘arb davlatlarining birligini buzishga urinmoqda, chunki u shu yo‘l bilan o‘z maqsadlariga oson erishadi, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden.
"Rossiya YeI va NATOni kuchsizlantirishga urinayotganini hamma biladi... Chunki unga birlashgan transatlantik hamjamiyati bilan muzokara olib borishdan ko‘ra alohida davlatlarni qo‘rqitish osonroq", - dedi u xavfsizlik bo‘yicha Myunhen konferensiyasida.
"Shu bois Yevropa va AQSh Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashi juda muhim", - deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.
Bayden shu bilan birga, dunyo sovuq urushga o‘xshash vaziyatga qaytishini xohlamasligini aytdi.
"Biz barchaning o‘z taraqqiyot yo‘lini kuch ishlatish tahdidiga duch kelmasdan erkin belgilay olishini istaymiz. Biz bloklar o‘rtasida sovuq urushga xos qarama-qarshiliklarga qaytmasligimiz lozim", - dedi Jo Bayden.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025