Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Detdom»ga kirdik, hidiga chidab bo‘lmasdi» - prezident endi Jizzax hokimi bo‘lgan vaqtidagi voqeani esladi
Prezident Jizzax viloyati hokimi bo‘lib ishlagan vaqtida qiyin vaqtlar bo‘lgani, shaharda bolalar uyidagi og‘ir sharoit haqida gapirdi.
«Shahar hokimi Xudoyorovga telefon qildim. Shaharda «detdom» bormi, deb so‘radim. «Iya, nima deyapsiz, bizda unaqa bolalar yo‘q, hamma boy», dedi.
Xo‘p, deb shahar aylanayotganda bir binoni ko‘rib qoldim-da, haydovchidan so‘radim bu qayer ekanini: «Bu «detdom», dedi. Kirib ko‘rsam, ichkari sovuq, hidiga chidab, bolalarning ahvoliga qarab bo‘lmaydi. Hokimga yana telefon qildim, u esa yana «detdom» yo‘q, dedi.
O‘shanda bolalarni darhol XTB binosiga ko‘chirtirgandim. Ana shunday qiyin vaqtda hokim bo‘lgandik», – deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Namangandagi yig‘ilishni kuzatayotgan Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi
18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:51 / 08.03.2025