Sport | 15:00 / 19.02.2021
11063
2 daqiqa o‘qiladi

O‘FA: Toshkentda Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan o‘rtoqliq uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

24 fevral kuni soat 18:00da poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida futbolimiz va sportimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan davlat va jamoat arbobi Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Unda futbol va futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari mini-futbol maydonida o‘zaro to‘p surishadi.

Uchrashuvga kirish bepul.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, «Yunusobod» sport majmuasi.

Mo‘ljal: Toshkent teleminorasi.

Mirabror Usmonov 2005-2010 yillarda Oliy Majlis Senati a'zosi, 2006-2017 yillarda O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti bo‘lgan. 2013 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davrda u O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasini boshqargan. 2015 yildan 2018 yilga qadar Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.

Mirabror Usmonov 2019 yil mart oyida, 72 yoshida vafot etdi.

Vatan oldidagi xizmatlari uchun Mirabror Usmonov «Mehnat shuhrati» (1995), «Fidokorona xizmatlari uchun» (2007), «El-yurt hurmati» (2011) va «Do‘stlik» (2017) ordenlarining sohibi bo‘lgan. Bundan tashqari, u Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan «Oltin orden» va FIFAning «Xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.

Mirabror Usmonov bolalar va o‘smirlar sport maktablari faoliyatini isloh qilish, shuningdek, sport inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda mamlakatimiz sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi O‘zbekiston tarixining oltin sahifalariga muhrlangan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Matbuot xizmati

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid