Jamiyat | 16:29 / 19.02.2021
1942
1 daqiqa o‘qiladi

«Yosh tadbirkor» yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Startap va investor» loyihasini boshladi

O‘zbekistonda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amaliyotga joriy qilishga ko‘maklashish maqsadida «Startap va investor» loyihasi tashkil etilmoqda.

Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazidan ma'lum qilishlaricha, loyiha – yoshlarga tajribali mutaxassislardan loyiha yaratish bo‘yicha bilim olish, o‘zi yaratgan loyiha taqdimotini o‘tkazib investor jalb qilish, mamlakatning iqtidorli va yosh startapchilarining taqdimotlari bilan tanishish, netvorking, qizg‘in muhokamalarda ishtirok etib o‘z fikrini bayon qilish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.

«Loyiha o‘z startapini rivojlantirmoqchi bo‘lgan yoshlarga, samarali loyiha izlayotgan investorlarga, startap sohasida ta'lim olmoqchi bo‘lganlarga hamda startap sohasida o‘z tajribasini yoshlarga taqdim etmoqchi bo‘lgan ekspertlar uchun foydali», – deyiladi rasmiy relizda.

«Startap va investor» loyihasi 20 fevral kuni soat 14:00da Yoshlar ishlari agentligi press-klub zalida start oladi.

Ariza topshirish bepul; buning uchun ushbu havola orqali onlayn anketa to‘ldirish lozim.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid