Jahon | 19:56 / 20.02.2021
3512
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi emlanganlar soni 200 milliondan oshdi

Barcha emlanganlarning 65 foizi AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya va Hindistonga to‘g‘ri keladi.

Foto: EPA-EFE/ADI WEDA

Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi emlanganlar soni 200 milliondan oshdi, deb xabar bermoqda TASS.

Ma'lum qilinishicha, ayni paytga kelib 200 mln 269 ming 332 nafar kishi emlangan bo‘lib, bu sayyora aholisining 2,6 foizini tashkil etadi. Barcha emlanganlarning 65 foizi AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya va Hindistonga to‘g‘ri keladi.

AQShda mamlakat aholisining 18,5 foizga yaqini - 60 mln kishi emlangan. Xitoyda 40,5 mln kishi emlangan (3 foiz). Buyuk Britaniyada Normand orollari va Men orolini qo‘shib hisoblaganda 17,5 mln kishi emlangan (26,4 foiz). Hindistonda 10,7 mln kishi emlangan (aholining 1 foizdan kamrog‘i).

Aholi orasida emlanganlar ulushi bo‘yicha esa Isroil birinchi o‘rinda (80,3 foiz), keyingi o‘rinlarda BAA (49,8 foiz) va Seyshel orollari (56,8 foiz) joylashgan.

Emlash sur'ati sekinlashgani aytilmoqda. O‘tgan haftada kuniga o‘rtacha 6 mln emlash amalga oshirilgan bo‘lsa, mazkur haftada kuniga 5 mln atrofida odam emlangan.

Mavzuga oid