Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada dunyoda ilk bor odamlarning parranda grippiga chalinishi qayd etildi
Kasallik 2020 yil dekabrda parranda grippi tarqalgan parrandachilik fabrikasida ishlaydigan yetti nafar xodimda aniqlandi.
Rossiya janubidagi parrandachilik fabrikalaridan birining yetti nafar xodimida yangi turdagi parranda grippi aniqlandi. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ma'lum qildi.
"2020 yil dekabrda Rossiya janubidagi parranda grippi tarqalgan parrandachilik fabrikasida ishlaydigan yetti nafar xodimda ushbu turdagi gripp aniqlandi", - dedi u.
Popovaning aytishicha, bu insonlarning parranda grippiga chalinishi qayd etilgan dunyodagi ilk holatdir.
"Men aytib o‘tgan yetti nafar xodimning barchasi o‘zlarini yaxshi his qilmoqda. Olimlarimiz inson organizmidagi o‘zgarishlar va virusga qarshi immun javobni kuzatishga muvaffaq bo‘lishdi. Xodimlarda kasallik juda tez yakunlandi", - dedi u.
Parranda grippining odamdan odamga yuqishi hozircha qayd etilmadi, dedi Popova.
Uning ma'lum qilishicha, Rossiya odamlarda parranda grippi aniqlanganligi to‘g‘risidagi ma'lumotni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga jo‘natgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025