Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. Shomurodovdan gol, «Jyenoa» 90+4-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Italiya A Seriyasi 23-turi doirasida «Jyenoa» o‘z maydonida «Verona»ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Ilich mehmonlarni hisobda oldinga chiqarib, tanaffusga «Verona»ni g‘olib sifatida olib chiqdi – 0:1.
Ikkinchi bo‘lim boshida zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas «Verona» darvozasiga gol urib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Biroq genuyaliklarning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. 61-daqiqada Faraoni himoyadagi xatolikdan foydalanib, «Jyenoa» darvozasiga ikkinchi golni kiritdi – 1:2.
Nihoyat, 90+4-daqiqaga kelib «Jyenoa» hisobni tenglashtirishga erishdi. Burchak zarbasidan keyin Badel ajoyib zarbasi bilan mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.
Natijada «Jyenoa» 26 ochko bilan 11-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Verona» 34 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.
Qayd etish joiz, ushbu bahs bilan genuyaliklarning A Seriyadagi ketma-ket mag‘lubiyatsiz o‘yinlari soni 7taga yetgan bo‘lsa, Eldorning mavsumdagi gollari soni 3taga yetdi.
A Seriya. 23-tur
Jyenoa – Verona 2:2
Gollar: 0:1 – 17 Ilich, 1:1 – 48 Eldor Shomurodov, 1:2 – 61 Faraoni, 2:2 – 90+4 Badel.
Jyenoa – Perin, Chiborra (Pellegrini, 46), Masello, Krishito, Dzappakosta, Badel, Radovanovich, Zayts (Eldor Shomurodov, 46), Strotman (Pandev, 67), Pyatsa (Rovella, 55), Destro (Skamakka, 67).
Verona – Silvestri, Gyunter, Lovato (Chetin, 46), Manyani, Faraoni (Ronaldu Viyeyra, 68), Tamez, Lazovich, Dzakkani (Bessa, 82), Ilich (Velozu, 82), Barak, Lazanya.
Mavzuga oid
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025
Eldor Shomurodov – yana bir bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari
09:50 / 20.04.2025